Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etishga bag‘ishlangan tadbir

Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etishga bag‘ishlangan tadbir

Toshkent moliya institutining Andijon fakultetida ilmiy-tadqiqot va ilmiy-innovatsion faoliyat samaradorligini yanada oshirish maqsadida institut professor-o‘qituvchilardan iborat Ishchi guruhi faoliyat olib bormoqda. Bugungi kunda Andijon fakulteti tasarrufidagi “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” va “Mutaxassislik fanlari” kafedralarida jami 35 shtat birligida professor-o‘qituvchilar faoliyat olib borishmoqda.

 

Ishchi guruhi faoliyati davomida Toshkent moliya institutining Andijon fakulteti tasarrufidagi “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” va “Mutaxassislik fanlari” kafedralariga Institutning “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi mudiri professor A.Pardayev, Ilmiy bo‘lim boshlig‘i K.Nasurovalar tomonidan “Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish” mavzusida master-klass tashkil etilib, mazkur yo‘nalishda hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, ilmiy salohiyatni oshirish hamda ilmiy-innovatsion faoliyat natijadorligini oshirishga qaratilgan “yo‘l xaritasi” ishlab chiqish masalalari muhokama etildi.

 

 

Muloqot davomida har bir professor-o‘qituvchining ilmiy-tadqiqot yo‘nalishidagi faoliyati natijadorligini oshirish bilan bog‘liq savollarga javob berilib, tegishli takliflarni shakllantirishga erishildi.

10:13 / 2023-11-04
Success helper
Success warning