“Biznes-tahlilni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari  va istiqbollari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani

“Biznes-tahlilni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari  va istiqbollari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani

2021-yil 20-noyabr kuni “Iqtisodiy tahlil” kafedrasi tashabbusi bilan “Biznes-tahlilni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari va istiqbollari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani konferensiyasi o’tkazildi.

Konferensiyani institut ilmiy-ishlar bo’yicha prorektori prof. Mehmonov S.U. ochib berdi. Konferensiya spikerlari Sankt-Peterburg davlat iqtisodiyot universiteti “Audit va ichki nazorat” kafedrasi mudiri, professor Kamordjanova Nataliya Aleksandrovna, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti professori, i.f.d Pardayev Mamayunus Qarshiboyevich, TDIU qoshidagi Ural davlat iqtisodiyot universiteti markazi direktori Karlibayeva Raya Xojabayevna, Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Аudit uslubiyoti va auditorlik tashkilotlari ishi sifatini tashqi nazoratdan oʼtkazish boʼlim boshligʼi Barakaev Otabek Otaqulovich, "FAZO-LUXE" MCHJ rahbari Аbdukadirov Afzalxo’ja Abrarovich, “Iqtisodiy tahlil” kafedrasi professor-o’qituvchilaridan prof.v.b. Sagdillayeva Zulfiya Asanaliyevna hamda dotsent Raximov Matnazar Yusupovich, Bank ishi fakulteti talabasi O’ktamova Malika o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Konferensiya moderatori Z.Sagdillayeva tadbir yakunida tadbirda ishtirok etganlarga o’z minnatdorchilik bildirdi, tadbirda faol ishtirok etganlarga maxsus sertifikatlar topshirildi.







 

18:25 / 2021-11-20
Success helper
Success warning