Toshkent moliya instituti nufuzli xalqaro reytingdan o‘rin oldi
Oliy taʼlim muassasalarining nufuzli xalqaro reytingi hisoblangan Times Higher Education o‘zining 2022-yil uchun Impact reytingi (
THE Impact Rankings 2022) natijalarini eʼlon qildi.
Quvonarlisi, mazkur reytingdan Toshkent moliya instituti ham yuqori
o‘rinni egalladi.
Maʼlumot uchun, 2021-yilda ushbu reytingga 10 ta oliy taʼlim muassasasi kirgan edi. O‘tgan yili ushbu reytingda 94 ta davlatdan 1000 ga yaqin oliy taʼlim muassasalari ishtirok etgan bo‘lsa, 2022-yilda 110 ta davlatdan 1500 dan ortiq oliy taʼlim muassasalari qatnashdi.