ROTHCHILD & CO DIREKTORIDAN MASTER-KLASS

ROTHCHILD & CO DIREKTORIDAN MASTER-KLASS

Dunyoga mashhur Rothchild & Co kompaniyasining Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi boʻyicha direktori Pavel Yevdokimov 2021-yil 28-sentyabrda institut talabalariga master-klass oʻtkazdi.


Master klass avvalida Pavel Yevdokimov oʻzining faoliyati haqida maʼlumot berib oʻtdi va bugungi tadbirni ochiq muloqot tarzida oʻtkazishni taklif qildi.


Shundan soʻng tadbir ishtirokchilari oʻzlarining qiziqtirgan savollari bilan murojaat qildi. Rothchild & Co kompaniyasining xizmatlaridan Oʻzbekistondagi asosiy foydalanuvchilar tarkibi, professional investitsion konsultant boʻlib yetishish uchun talab qilinadigan jihatlar, kompaniya xizmatlari taʼriflari,  kompaniya tomonidan dunyo boʻylab koʻrsatayotgan konsalting xizmatlari, IPO amaliyotlaridagi ishtiroki, birlashishlar va qoʻshib olish amaliyotlari natijalari borasidagi ishtirokchilarning savollariga atroflicha javob qaytarildi. Bunda talabalarning faolligini Pavel Evdokimov alohida eʼtirof etdi. 

 


Master-klass jarayonida Rothchild & Co kompaniyasining mamlakatimizdagi xususiylashtirish jarayonlaridagi ishtiroki, xususan Coca-Cola Bottlers Uzbekistan dagi 57 foizlik davlat ulushini xususiylashtirish amaliyoti boʻyicha faoliyati xususida qator savollarga javob qaytarilishiga toʻgʻri keldi. 

 


Tadbir yakunida talabalarning Rothchild & Co kabi global kompaniyalarda stajirovka oʻtash borasidagi ham taklif, ham savollari Pavel Yevdokimovda alohida qiziqish uygʻotdi. Mazkur taklifga javob qaytarar ekan, birinchi navbatda Oʻzbekistondagi hamkor tashkilotlarda stajirovka oʻtash lozimligi va amaliy ish tajribasiga ega boʻlgach bu masala koʻrib chiqilishi mumkinligini qayd etib oʻtdi.

 

 

Rothchild & Co kompaniyasining Oʻzbekistondagi hamkori UzAssets investitsiya kompaniyasi aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi Azizjon Qahhorov ham master-klassda faol ishtirok etib, berilgan savollarga oʻz munosabatini bildirgan holda bugungi tadbir uchun minnatdorchilik bildirdi.

 


Tadbir yakunida master-klassni boshqarib borgan institut oʻquv ishlari boʻyicha prorektori professor A.Tuychiyev Pavel Yevdokimov va barcha ishtirokchilarga oʻz minnatdorchiligini bildirib oʻtdi hamda bunday tadbirlar kelajakda yana boʻlishi rajalashtirilayotganligini taʼkidladi.

 

 

 

19:01 / 2021-09-28
Success helper
Success warning