Toshkent Moliya institutining talabalari oʻrtasida "Rus tili fani" boʻyicha fan olimpiadasi boʻlib oʻtdi

Toshkent Moliya institutining talabalari oʻrtasida "Rus tili fani" boʻyicha fan olimpiadasi boʻlib oʻtdi

Talabalarning qishki taʼtilini mazmunli va samarali oʻtkazish maqsadida, Toshkent moliya institutining  “Oʻzbek va rus tillari”  kafedrasi tomonidan 11-yanvar kuni “Rus tili” fani boʻyicha olimpiada boʻlib oʻtdi. 

 

Olimpiada uchun test va nazorat savollari kafedraning professor-oʻqituvchilari tomonidan ishlab chiqildi. 

 

Mazkur olimpiada institutimizning barcha birinchi kurs talabalari uchun tashkil etildi. 2 bosqichdan iborat boʻlib:

 

1-bosqich — 20 ta test;

2-bosqich — 10 ta nazorat savollariga javob berish.

 

Ushbu fan olimpiadasi adolatli, ochiq va shaffof tarzda oʻtkazildi.


 

“Rus tili” fani boʻyicha oʻtkazilgan fan olimpiadasida quyidagi talabalar g'olib deb topildi:

 

1-oʼrin🥇 – Amanbayeva Durdona (Bank ishi fakulteti BIA-91);

2-oʼrin 🥈– Sodixonova Mexribon (Buxgalteriya ishi va audit fakulteti, BT -91);

3-oʼrin 🥉 – Qaxramonov Ulugʼbek (Iqtisodiyot IХ -90).

 

G'olib bo'lgan talabalar:

1️⃣-oʻrin uchun 1 000000 soʻm;

2️⃣-oʻrin uchun 750 ming soʻm;

3️⃣-oʻrin uchun 500 ming soʻm pul mukofotlari bilan munosib taqdirlandilar.



 

14:09 / 2022-01-15
Success helper
Success warning