“Entrepreneurs” mavzusida sayyor dars

“Entrepreneurs” mavzusida sayyor dars

“Chet tillari” kafedrasi o‘qituvchilari D.B.Madaliyeva, Sh.Ch.Murodova va D.To‘laganova 2019-yil 13-mart kuni 2-kurs KBI-73(i) guruhida “Entrepreneurs” mavzusida sayyor dars o‘tkazishdi.

D.B.Madaliyeva, Sh.Ch.Murodova va D. To‘laganova o‘tkazgan sayyor dars kalendar va tematik rejaga binoan tanlangan. Dars belgilangan vaqtda “Oloy bozori”da, ochiq osmon ostida, bozorda savdogarlik bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar ko‘magida o‘tkazildi. Dars avvalida o‘qituvchi D.B.Madaliyeva, Sh.Ch.Murodova va D.To‘laganova amaliy mashg‘ulot mavzusining maqsad va vazifalarini talabalarga tushuntirib berdilar.

Shundan so‘ng talabalar guruhlarga bo‘linib, tarjimon va chet ellik mehmon rollarini ijro etgan holda bozorda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan suhbatlashdilar. Suhbat mobaynida chet ellik mehmon tadbirkorga taklif qilinayotgan maxsulotlar haqida savollar berdi va tarjimon ularni o‘zbek tiliga va ingliz tillariga tarjima qilib turdi. Sayyor dars shu kabi jarayonlarni o‘z ichiga olgan holda, talabalarda tadbirkorlik faoliyatiga bo‘lgan qiziqishni ham uyg‘otdi va barcha jarayonlar video lavhalarga muhrlandi. Sayyor dars davomida barcha talabalar faol ishtirok etdilar.

Bundan tashqari sayyor dars interaktiv metodlardan keng foydalanilgan holda mavzuning yoritilishi va bu orqali talabalarning mavzuni yana ham chuqurroq o‘zlashtirishlari uchun muhim omil bo‘lib xizmat qildi. Xulosa qilib shuni ta’kidlash lozimki, D.B.Madaliyeva, Sh.Ch.Murodova va D.To‘laganova tamonidan o‘tkazgan sayyor dars uslubi yuqori pedogagik tajribalar asosida o‘tdi.

 

15:33 / 2021-01-06
Success helper
Success warning