“Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi dotsenti M.Raimjanova tomonidan sayyor dars uyushtirildi
2020-yilning 11-mart sanasida Toshkent moliya instituti “Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasining dotsenti, i.f.n. M.Raimjanova tomonidan IB-5 va IB-6 guruhi magistratura talabalariga “Investitsiya portfelini boshqarish” va “Investitsiya loyihalarini boshqarish” fanidan sayyor dars tashkil etildi. Sayyor dars “RILK” “Qurilishmashlizing” AJda bo‘lib o‘tdi. Sayyor darsni RILK “Qurilishmashlizing” AJning “Marketing, lizing shartnomalarini amalga oshirish va monitoring qilish boshqarmasi” boshlig‘i Xalmuxamedov Jamshid Abduxakimovich olib bordi. Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, tashkilot O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 18.06.2014 dagi PQ-2190 sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
“RILK” “Qurilishmashlizing” AJning aktsiyadorlari: O‘zbekiston Respublikasi davlat aktivlarini boshqarish agentligi-69,41%, “O‘zbekneftgaz” AJ - 8,82%, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ - 4,12%, “O‘zbekiston tashqi savdo milliy banki” AJ -8,82%, ATB “O‘zsanoatqurilishbank” - 8,82%.
Ekspert so‘zlariga ko‘ra, “RILK” “Qurilishmashlizing” AJ 2019-yilda yangi lizing operatsiyalari bo‘yicha 2-o‘rinni egalladi, operatsiyalar hajmi 255 mlrd.so‘mni tashkil etdi. “RILK” “Qurilishmashlizing” AJ qurilish va yuk texnikalarini moliyalashtirishning o‘sishi tufayli 2-o‘rinni egalladi.