“TEXNOPARK” MCHJ da sayyor dars

“TEXNOPARK” MCHJ da sayyor dars

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarning ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-3151-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida 2023 yil 28 noyabrda Toshkent moliya institutining “Menejment va marketing” kafedrasi professori G.Xamdamova va bakalavriat 2 bosqich Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) yo‘nalishi IM-20 guruhi talabalari bilan “TEXNOPARK” MCHJga sayyor dars o‘tkazildi.
 

Sayyor dars davomida talabalar quyidagi malumotlarga ega boldilar:
 

Texnopark “Toshkent Mexanika zavodi” AJ negizida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 1 maydagi “Sanoat kooperasiyasini yanada rivojlantirish va talab qilinadigan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish chora -tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-4302 - sonli Farmoniga muvofiq tashkil etilgan.



 

Texnopark MCHJ -bu O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan yuqori texnologiyali raqobatbardosh, eksportga yo‘naltirilgan va import o‘rnini bosuvchi tarmoqlarni yaratish bo'yicha belgilangan vazifalarni amalda bajarishga yo‘naltirilgan sanoat korxonalari guruhidir.
 

Maqsad-import o'rnini bosuvchi sanoat mahsulotlari, qurilish materiallari va maishiy texnika ishlab chiqarishni keng assortimentda tashkil etish, shuningdek, yangi ish o'rinlari yaratish.



 

Hozirgi vaqtda “TEXNOPARK” MChJda 5 mingdan ortiq xodim ishlaydi. “TEXNOPARK” MChJning yirik sheriklari dunyoga mashhur kompaniyalar, masalan: Pietro Fiorentini (Italiya) va Samsung Electronics (Koreya), Whirlpool (Xitoy), Shanghai Mitsubishi (Xitoy) va boshqalar.
 

Elektrotexnika sohasidagi bir qator korxonalarni, qurilish materiallari va maishiy texnika segmentini, shuningdek logistika markazini birlashtirib, “TEXNOPARK” MCHJ Markaziy Osiyodagi eng kuchli, istiqbolli va raqobatbardosh ishlab chiqarish majmuasiga aylanadi.

 

10:48 / 2023-11-30
Success helper
Success warning