“Davlat xizmatida kadrlar salohiyatini rivojlantirish va kadrlar zaxirasini shakllantirish” mavzusida seminar
Joriy yilning 24-fevral kuni Toshkent moliya institutida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Toshkent shahar filiali masʼul xodimlari Maryam Abdukarimova hamda Rustam Ruzikulovlar tomonidan “Davlat xizmatida kadrlar salohiyatini rivojlantirish va kadrlar zaxirasini shakllantirish” mavzusida Moliya fakultetining bitiruvchi talabalari uchun seminar tashkil etildi.
Davlat fuqarolik xizmatiga kirish, davlat fuqarolik xizmatining jozibadorligi, kadrlar kompetensiyasini oshirish, milliy, salohiyatli va istiqboldagi zaxira shakllantirish mavzularida talabalarga maʼruza qilindi.
Tadbir soʻngida talabalar tomonidan berilgan savollarga toʻliq javob berildi. Talabalarning davlat xizmati toʻgʻrisidagi fikr-mulohazalari tinglandi.