Qoʻmita Rais oʻrinbosari ishtirokidagi seminar dars
Joriy yilning 12-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi Rais oʻrinbosari Karabayev Farrux Esanaliyevich ishtirokida “O'zbekiston Respublikasi davlat raqobat siyosatining asosiy yo'nalishlari” mavzusida seminar dars tashkil etildi.
Iqtisodiyot hamda Menejment va marketing kafedralari tashabbusi ostida tashkil etilgan mazkur tadbir jamoatchilikka ma'lum bo‘lgan so‘nggi ayrim voqealar, iqtisodiyot sohasida sog‘lom raqobatga qarshi harakatlar va manfaatlar to‘qnashuvi, mamlakatning ichki va tashqi maydondagi obro‘siga, qolaversa bir necha qonunlar buzilishi bilan bog’liq bo’lgan salbiy holatlar yuzasidan savol-javob tarzida o’tkazildi.
Farrux Karabayev "UzAvto Motors” AJda yengil avtomobillar narxining asossiz oshirilishi hamda bugungi kunimizdagi real vaziyat - benzin narxi oshishida “manipulyatsiya holatlari” bo’yicha talabalarga ma'lumot yetkazdi.