“Iqtisodiyot yoʻnalishidagi doktorlik dissertatsiyasining ilmiy natijalarini amaliyotga joriy etishning uslubiy jihatlari” mavzusida seminar-trening

“Iqtisodiyot yoʻnalishidagi doktorlik dissertatsiyasining ilmiy natijalarini amaliyotga joriy etishning uslubiy jihatlari” mavzusida seminar-trening


Joriy yilning 10-may kuni institut doktorantlariga “Iqtisodiyot yoʻnalishidagi doktorlik dissertatsiyasining ilmiy natijalarini amaliyotga joriy etishning uslubiy jihatlari” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.








Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish muammolarini tadqiq etish markazi direktori oʻrinbosari, PhD Ashurov Zufar ishtirok etdi. Seminar-trening davomida doktorantlarga dissertatsiyalar ilmiy natijalarining amaliyotga joriy qilinishini baholash boʻyicha uslubiy koʻrsatmalar, ilmiy natijalarni joriy qilish uchun taqdim etish shakllari, joriy etish hujjatlarini rasmiylashtirish shakllari hamda tadqiqotchilar koʻp yoʻl qoʻyadigan xatolar va kamchiliklar toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berib oʻtildi.








Tadbir yakunida doktorantlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. Seminar-trening doktorantlarning doktorlik dissertatsiyasining ilmiy natijalarini amaliyotga joriy etish tartibi boʻyicha bilimlarini yanada boyitishga xizmat qildi.

19:01 / 2023-05-10
Success helper
Success warning