Doktorantlar, tayanch doktorantlari uchun seminar-trening tashkil etildi
Joriy yilning 5-fevral kuni Toshkent moliya instituti Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi tomonidan doktorantlar, tayanch doktorantlari uchun “Iqtisodiyot” kafedrasi mudiri, professori Asatullayev Xurshid Sunatullayevich tomonidan “Iqtisodiyotning bosh masalasi va iqtisodiy muammolarni ilmiy bilish usullari” mavzusida hamda “Axborot tizimlari va raqamli texnologiyalar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Arziqulov Sunnatullo Daniyarovich tomonidan “Ilmiy izlanishda dasturlash paradigmasi” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Ushbu seminar-treningdan ko‘zlangan asosiy maqsad - doktorantlarning dissertatsiya ishlari doirasidagi ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish, olingan natijalarni tahlil qilish hamda kamchiliklarni bartaraf etgan holda dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatini talablarga muvofiq rasmiylashtirish va himoyaga tayyorlashda yordam berishga mo‘ljallangan.