“El-Yurt Umidi” Jamg‘armasi tanlovi bo‘yicha institut talabalari bilan seminar trening tashkil etildi

“El-Yurt Umidi” Jamg‘armasi tanlovi bo‘yicha institut talabalari bilan seminar trening tashkil etildi

 

2024-yil 26-yanvar kuni "Toshkent moliya instituti iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi" tomonidan “El-Yurt Umidi” Jamg‘armasi stipendiati va Toshkent moliya instituti bitiruvchisi Qudratova Feruza Nasriddinovna “El-Yurt Umidi” Jamg‘armasi tanlovi bo‘yicha institut talabalari bilan seminar trening tashkil etildi.

 

 

 

Seminarda “El-Yurt Umidi” Jamg‘armasiga hujjat topshirish jarayonlari, tanlov bosqichlari, hozirgi kunda rivojlangan davlatlarning Top universitetlarida o‘qiyotgan talabalarning statistikasi haqida ma’lumotlar berildi. O‘zbekistonda yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar va imkoniyatlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi.

 

 

 

Ushbu uchrashuv talabalarda juda katta qiziqish uyg‘otganligi sababli shu kabi seminar-treninglar muntazam ravishda tashkil qilinishi kelishib olindi.

17:45 / 2024-01-26
Success helper
Success warning