Seminar trening
Toshkent moliya instituti va Vebster universiteti o’rtasidagi o’zaro hamkorlik doirasida, Sirtqi fakultet “Tabiiy-ilmiy va gumanitar fanlar” kafedrasi tashabbusi bilan 2021-yil 22-oktyabrda “Xorijiy tillarni o’qitishda jahon tajribasidagi zamonaviy, ilg’or texnologiyalardan samarali foydalanish yo’llari” mavzusida seminar-trening tashkil qilindi. Seminar-treningga Vebster universiteti professor- o’qituvchisi, halqaro toifadagi trener S. Tojibayeva taklif qilindi. Seminar-treningda fakultet dekan muovini X.Zaripov, “Tabiiy-ilmiy va gumanitar fanlar” kafedrasi mudiri M.Sherquziyev , “Moliya-kredit” kafedrasi mudiri D.Saidov va ushbu kafedralar professor-o’qituvchilari ishtirok etishdi.
S.Tojibayeva talabalarni o’qitishda halqaro talablarga mos keladigan, zamonaviy ilg’or texnologiyalardan samarali foydalanish yo’llarini o’qituvchilar ishtirokida amalda ko’rsatib berdi. Seminar-trening davomida ishtirokchilar juda ko’p foydali ma’lumotlarga ega bo’ldilar.