“O'zbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini o'tkazish tartibi” mavzusida seminar-trening tashkil etildi

“O'zbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini o'tkazish tartibi” mavzusida seminar-trening tashkil etildi

Joriy yilning 3 may kuni "Xalqaro moliya-kredit" kafedrasi tomonidan "Bank ishi" fakulteti talabalari uchun seminar tashkil etildi. Tadbirda ASIA ALLIANCE BANK АТB Valyuta operatsiyalari va tashqi iqtisodiy faoliyat boshqarmasi boshlig'i J.Ibragimov ishtirok etdi.

 

Tadbir davomida J. Ibragimov bank faoliyati, bank xizmatlarini o'z vaqtida va sifatli bajarish samaradorligini oshirishda valyuta operatsiyalarining ahamiyati kabi jihatlarga e'tibor qaratdi. Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi tijorat banklarida valyuta operatsiyalarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar ko'rib chiqildi.

 

        Tadbir yakunida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. Seminar-trening talabalarning bank faoliyatida valyuta operatsiyalarini o'tkazish tartibi bo’yicha bilimlarini yanada boyitishga xizmat qildi.

 

19:40 / 2023-05-04
Success helper
Success warning