“Ilmiy tadqiqot ishini shakllantirishda ilmiy-nazariy va amaliy manbalardan foydalanish usullari” mavzusida seminar-trening tashkil etildi
Joriy yilning 26-yanvar kunida Toshkent moliya instituti, Ilmiy -tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi tomonidan doktorantlar, tayanch doktorantlari uchun “Bank ishi” kafedrasi i.f.d., professor Abdullayeva Sharbat Zulpikarovna tomonidan “Ilmiy tadqiqot ishini shakllantirishda ilmiy-nazariy va amaliy manbalardan foydalanish usullari” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Ushbu seminar-treningdan ko‘zlangan asosiy maqsad, doktorantlarning dissertatsiya ishlari doirasidagi ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish, tajribalar o‘tkazib, olingan natijalarga ishlov berish va tahlil qilish hamda kamchiliklarni bartaraf etgan holda dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish hamda himoyaga tayyorlashda yordam berishga mo‘ljallangan.