Seminar-trening: “MHXSlari talablari asosida buxgalteriya balansini tuzish metodikasi”

Seminar-trening: “MHXSlari talablari asosida buxgalteriya balansini tuzish metodikasi”

2021-yil 23-noyabr kuni Toshkent moliya instituti “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi professor-oʻqituvchilari hamda Belorus Respublikasining Polotsk universiteti qoʻshma fakulteti bilan hamkorlikda “MHXS talablari asosida buxgalteriya balansini tuzish metodikasi” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Mazkur seminar-treningda professor-oʻqituvchilar bilan birga PDU qoʻshma fakultetining 2-kurs talabalari hamda “Buxgalteriya hisobi va audit” fakultetining 4-kurs talabalari ham faol ishtirok etdilar.





Seminar-treningni Polotsk universiteti kafedra mudiri, iqtisod fanlari doktori, professor Vegera Svetlana Grigoryevna tomonidan olib borildi. Seminar-trening mavzusidan kelib chiqib bugungi kunda Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari talablari asosida moliyaviy hisobotlarni, jumladan buxgalteriya balansini tuzish va unga qoʻyilgan asosiy talablar hamda tamoyillarini oʻrganish, uning metodologik asoslarini har tomonlama chuqur anglab olishni talab etadi. Bu borada Belorus Respublikasi va Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan isloxatlar boʻyicha oʻzaro fikr-muloxazalar almashildi.

Seminar-trening maqsadidan kelib chiqib prof. Vegera Svetlana Grigoryevna Belorusiyaning mashxur traktor zavodi OAO “MTZ” misolida mavzuning mohiyatini yanada ochib berdi. Seminar-trening doirasida oʻquv-uslubiy faoliyat bilan birga, ilmiy faoliyat boʻyicha xam (xorijiy jurnallarda va konferensiyalarda xammualliflikda maqola va tezislarni chop etish) hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha rejalar belgilab olindi.





Seminar-trening yakunida prof-oʻqituvchilar va talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga prof. Vegere Svetlane Grigoryevnadan atroflicha javob olishga muvofiq boʻldilar.

Institutda xorijiy xamkorlar bilan bunday seminar-treninglar, ochiq darslar va master-klasslarni doimiy oʻtkazib turilishi, respublikamizda Oliy taʼlimni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan ustivor vazifalar ijrosini taʼminlashda muxim oʻrin tutadi.
 

12:19 / 2021-11-25
Success helper
Success warning