“Valyuta birjasi va unda amalga oshriiladigan operatsiyalar” mavzusidagi seminar trening

“Valyuta birjasi va unda amalga oshriiladigan operatsiyalar” mavzusidagi seminar trening

Joriy yilning 15 dekabr kuni “Xalqaro moliya-kredit” kafedrasi tomonidan Valyuta birjasi va unda amalga oshriiladigan operatsiyalar mavzusida seminar trening o’tkazildi. Mazkur tadbirga O’zbekiston Respublikasi Valyuta birjasi mutaxassisi, iqtisodiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori Y.T.Ibrohimov taklif etildi.

 

Tadbir davomida institut pedagoglari, ilmiy tadqiqotchilari va talabalariga ekspert mamlakatimiz valyuta birjasi, unda faoliyat yurituvchi asosiy sub’ektlar va ularning kategoriyalari, birjada amalga oshirilayotgan asosiy operatsiyalar, 2021-yil 15-fevralda joriy etilgan yangi tizim va eski tizim o’rtasidagi farqlar, yangi tizimning ustunlik jihatlari, so’nggi yillarda birja faoliyatida pul bozori va davlat qimmatli qog’ozlari bozori ko’lamining kengayib borayotganligi haqida ma’lumot berdi.

 

Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Valyuta birjasi tomonidan 2019-2023-yillarga mo’ljallangan rivojlanish strategiyasi doirasida 2022-yilda amaliyotga joriy etilishi ko’zda tutilayotgan fyuchers va opsion hosilaviy moliyaviy vositalarining mamlakatimiz iqtisodiyoti hamda birja faoliyatiga ijobiy va salbiy ta’sirlari, jismoniy shaxslarning davlat qimmatli qog’ozlari bozoriga bo’lgan ehtiyojlarini qondirishda brokerlik tashkilotlarining roliga alohida to’xtalib o’tildi.

 

Tadbir yakunida ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar hamda ushbu seminar trening pedagog-yoshlarning mahoratini oshirishga xizmat qildi.








 

19:55 / 2021-12-16
Success helper
Success warning