“Ilmiy-tadqiqot faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish” mavzusida seminar-trening tashkil etildi

“Ilmiy-tadqiqot faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish” mavzusida seminar-trening tashkil etildi

 

Joriy yilning 24-yanvar kuni Toshkent moliya instituti, Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi tomonidan doktorantlar uchun “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi mudiri, i.f.d., professor Pardayev Abdunabi Xoliqovich tomonidan “Ilmiy-tadqiqot faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

 

 

 

Ushbu seminar-treningdan ko‘zlangan asosiy maqsad – doktorantlarning ilmiy rahbar bilan birgalikda yakka tartibdagi rejasini hamda nazariy-metodologik dasturini ishlab chiqish va tayyorlashda yordam berishga mo‘ljallangan.

 

 

 

Seminar-trening davomida O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 29-oktyabrdagi “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-fevraldagi PF-4958-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2019-yil 19-iyuldagi 606-son “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi, 2020-yil 6-noyabrdagi 696-son “Ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash jarayonlarining shaffofligini ta’minlash va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2021-yil 27-avgustdagi 545-son “Ilmiy va innovatsion faoliyatni boshqarish tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlarida belgilangan vazifalar atroflicha va batafsil tushuntirib o‘tildi.

10:28 / 2024-01-25
Success helper
Success warning