Malakali kadrlar tayyorlash – zamon talabi

Malakali kadrlar tayyorlash – zamon talabi

Hozirgi globallashuv va bozor iqtisodiyoti sharoitida yuksak salohiyatli, bilimli, masʼuliyatli, raqobatbardosh kadrlarni yetishtirish har qachongidan dolzarb masalaga aylangan. Har qanday davlatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida yuksak malakali kadrlar muhim o‘rin tutadi.

 

Toshkent moliya instituti hamda “SEMURG INSURANCE” qo‘shma sug‘urta kompaniyasi o‘rtasida imzolangan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandumga asosan, Joriy yil 30-mart kuni sug‘urta kompaniyasining bosh direktori o‘rinbosari N.Muxammadiyev boshchiligida masʼul xodimlar institutning 4-bosqich bitiruvchi talabalarini ish bilan taʼminlash va ularni kompaniya faoliyatiga keng jalb qilish maqsadida seminar o‘tkazish uchun tashrif buyurdilar.

 

Unda kompaniya vakillari,  “Sug‘urta va pensiya ishi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari, “Sug‘urta ishi” taʼlim yo‘nalishida tahsil olayotgan 4-bosqich talabalari ishtirok etishdi.

 

 

Uchrashuv davomida kompaniya vakillari bitiruvchi kurs talabalariga “SEMURG INSURANCE” sug‘urta kompaniyasiga ishga qabul qilish talablari, kompaniyada personallarni boshqarish HR-tizimi va sug‘urta tashkilotining sug‘urta bozoridagi faoliyatlari yuzasidan maʼlumotlar berib o‘tdilar. Mazkur seminar davomida kompaniya  vakillariga ushbu sug‘urta kompaniyasida ishlash istagida bo‘lgan talabalar tomonidan savollar berildi va ularga javoblar olinishi bilan bir qatorda, talabalar tomonidan ishga qabul qilish anketalari ham to‘ldirildi.

 

17:35 / 2022-03-31
Success helper
Success warning