Xorijiy malaka oshirish sertifikatlari topshirildi
Bugun Chexiya Respublikasida malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan institut rahbar-xodimlari va professor-oʻqituvchilariga Yevropa amaliy fanlar va menejment instituti tomonidan sertifikatlar topshirildi.
Mazkur malaka oshirish kurslarida oʻrganilgan bilim va koʻnikmalarni mamlakatimizda oliy taʼlim tizimini rivojlantirish, institutda taʼlim menejmenti va sifatini yana oshirishda muhim ahamiyatga ega boʻlishi taʼkidlandi.