Qoraqalpog’iston Respublikasi Shumanay tumanida maktab va oliy o’quv yurt hamkorligi yo’lga qo’yildi.

Qoraqalpog’iston Respublikasi Shumanay tumanida maktab va oliy o’quv yurt hamkorligi yo’lga qo’yildi.

 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2019-yil 23-avgust kuni xalq ta’limi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish masalalariga bag’ishlangan videoselektor yeg’ilishida berilgan topshiriqlarga muvofiq Toshkent moliya instituti o‘qituvchilari, dotsent Sh.Allayorov va Z.Allabergenov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi bosh yuriskonsulti A.Begjanov, Nukus davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi, dotsent A.Yembergenov, tuman hokim o‘rinbosari A.Qayipnazarov, tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri O.Sultamuratov, Yoshlar ittifoqi tuman kengashi raisi M.Narbayevlardan tuzilgan ishchi guruh Qoraqalpog’iston Respublikasi Shumanay tumaniga tashrif buyurdilar.

 

 Tashrif davomida Respublika ishchi guruh a’zolari Shumanay tumani XTB tasarrufidagi 7-hamda 13-sonli bolalar musiqa va san’at maktablarida bo’lib, “Besh ta tashabbus besh ta imkoniyat” mavzusida tumandagi maktab o‘quvchilari o‘rtasida festival tashkil etdilar.

 

 O’quvchi-yoshlar festivalida jami 1200 dan ziyod o‘quvchilar ishtirok etib, sport musobaqalari, ko’rik tanlovlar, musiqa va baadiy chiqishlar hamda kitobxonlik bo’yicha o’tkazilgan tadbirlarda o’zaro bellashdilar

 

 Bugun o‘quvchi-yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlardan keng foydalanish, kelajakda ularning yuqori malakali mutaxassislar sifatida shakllanishlariga va bu orqali hududning yanada ravnaqiga o‘z xissalarini qo‘shishlariga zamin yaratadi deb o’ylaymiz.

 

 

19:25 / 2019-11-25
Success helper
Success warning