“Do‘stlik spartakiadasi”

“Do‘stlik spartakiadasi”

      O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3031-sonli va O‘zbekiston Respublikasining Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining 2019-yil 20-sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublkasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev rahbarligida 2019-yil 4-sentyabrda o‘tkazilgan 36-sonli videoselektor majlisining bayonida belgilangan vazifalar ijrosi to‘g‘risida”gi 842-sonli buyrug‘i ijrosini ta'minlash maqsadida Oliy o‘quv yurtlariaro sport majmuasida Toshkent shahridagi oliy ta'lim muassasalarining pedagog-xodimlari o‘rtasida “Do‘stlik spartakiadasi” nomi ostidagi shaxmat musobaqalari tashkil etildi. Unda Toshkent moliya institutining bir qator pedagog-kadrlari faol ishtirok etishdi. Mazkur musobaqa natijalariga ko‘ra institutimizning “Soliqlar va Sug‘urta” fakulteti o‘qituvchisi S.Shirinov erkaklar o‘rtasida faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, “Iqtisodiyot” fakulteti o‘qituvchisi R.Sarsenbaeva ayollar o‘rtasida 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

 

11:54 / 2019-10-25
Success helper
Success warning