Talabamiz Sochi shahrida bo‘lib o‘tgan moliyaviy xavfsizlik bo‘yicha xalqaro olimpiadada munosib ishtirok etdi

Talabamiz Sochi shahrida bo‘lib o‘tgan moliyaviy xavfsizlik bo‘yicha xalqaro olimpiadada munosib ishtirok etdi

2022-yil 11-oktabr kuni Rossiya Federatsiyasining Sochi shahri Sirius federal okrugida Moliyaviy xavfsizlik boʻyicha II Xalqaro olimpiadasi boʻlib oʻtdi. Xalqaro olimpiadaning birinchi bosqichida 40 000 ta talaba ishtirok etdi. Eng iqtidorli 500 nafari finalda ishtirok etishga muvaffaq boʻldilar.

 

Olimpiadada  Oʻzbekiston, Rossiya, Qozogiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Belorussiya va BRIKS davlatlari talaba va oʻquvchilari ishtirok etishdi.

 

 

Toshkent moliya instituti jamoasi Sochi shahrida boʻlib oʻtgan moliyaviy xavfsizlik boʻyicha “Sirius-2022” xalqaro forumida ishtirok etdilar. Institutimizning eng iqtidorli talabalaridan biri Uktamova Malika Toshkent moliya instituti nomidan qatnashdi.

 

 

Forum doirasida moliyaviy xavfsizlik masalalari va Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishning oldini olish Yevrosiyo guruhi vakillari oʻrtasidagi hamkorlik masalalari koʻrib chiqildi.

 

 

Mashaqqatli intellektual bellashuvdan soʻng qora dengiz boʻyidagi Sirius sport majmuasida talabalar oʻrtasida sport musobaqalari boʻlib oʻtdi. Talabamiz Uktamova Malika oʻzini mahoratini sport oʻyinlarida ham koʻrsatib berdi.  Oʻzbekiston talabalari jamoasi ushbu sport musobaqasida yutuqli oʻrinlarni egalladilar.

11:27 / 2022-10-18
Success helper
Success warning