Toshkent shahar Yunusobod tuman Davlat soliq inspeksiyasida sayyor dars
Sayyor darslarni o’tkazish grafigiga muvofiq, 2020-yil 10-mart kuni “Soliqlar va soliqqa tortish” ta’lim yo’nalishi 4-kurs, ST-40 guruhi talabalari uchun “Yuridik shaxslarni soliqqa tortish” fanidan katta o’qituvchi O.Shodiyev boshchiligida Toshkent shahar Yunusobod tuman Davlat soliq inspeksiyasida sayyor dars tashkil etildi. Mashg’ulotni Yunusobod tuman DSI “Soliq solish bo’yicha maslahat” shobasi boshlig’i Niyazov Maxammadjon Akbarovich olib bordi. Mashg’ulot “Soliq to’lovchilarning ayrim toifalariga soliq solishning o’ziga xos xususiyatlari” mavzusida o’tkazildi.
Mazkur mavzu doirasida M.Niyazov guruh talabalariga to’g’ridan-to’g’ri xususiy chet el investitsiyalari ishtirokidagi yuridik shaxslarga soliq solishning o’ziga xos xususiyatlari, to’g’ridan-to’g’ri xususiy chet el investitsiyalari ishtirokidagi yuridik shaxslarga taqdim etilgan soliq imtiyozlari, maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga soliq solish shartlari, maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari tomonidan soliq imtiyozlarini qo’llash tartibi, mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida amalga oshiriladigan faoliyatga soliq solish tartibi hamda advokatlar hay’atlariga, advokatlik firmalariga, advokatlik byurolariga va advokatlarga soliq solish mexanizmi xususida gapirib berdi.