Talabalarimizga Rossiya Federatsiyasi hukumati huzuridagi Moliya universiteti dotsenti tomonidan ma’ruza mashg‘uloti o‘tkazildi
Toshkent moliya instituti va Rossiya Federatsiyasi hukumati huzuridagi Moliya universiteti o‘rtasida tuzilgan hamkorlik bitimi doirasida joriy yilning 28-fevral kuni Moliya universiteti “Soliqlar va soliq ma’muriyatchiligi” departamenti dotsenti, iqtisod fanlari nomzodi Smirnova Yelena Yevgenevna tomonidan “Rossiya Federatsiyasida jismoniy shaxslar daromadlarini soliq ma’muriyatchiligining dolzarb yo‘nalishlari” mavzusida ma’ruza mashg‘uloti o‘tkazildi.
Ma’ruza mashg‘uloti qizqin va munozaralarga boy tarzda tashkil etildi.