“Sport sog’liq garovi”
Joriy yilning 30-oktyabr sanasida Toshkent moliya instituti 3-sonli talabalar turar joyida istiqomat qiladigan talaba-qizlar o’rtasida sportning stol tennisi, shashka, shaxmat va arqonda sakrash sport turlari bo’yicha musobaqalar bo’lib o’tdi.
Musobaqalarda talabalar turar joyida yashovchi barcha qizlar faol ishtirok etishdi. Musobaqa institut “Yoshlar bilan ishlash”,“Ma’naviyat va ma’rifat ishlari” bo’limlari, “Jismoniy madaniyat va sport faoliyati” kafedrasi, 3-sonli tarlabalar turar joyi tarbiyachi-pedagogi va institut kasaba uyushmasi a’zolari tomonidan tashkil etildi.
Musobaqada go’lib va sovrindor qizlar “Moliyachi” sport klubi tomonidan munosib taqdirlandi.