Sport – sog’lik garovi

Sport – sog’lik garovi

Toshkent moliya instituti “Buxgalteriya hisobi va audit” fakulteti tasarrufidagi “Iqtisodiy tahlil” kafedrasi mudiri prof. U.Yakubov boshchiligida kafedra professor-o’qituvchilari va fakultet talabalari bilan birgalikda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus doirasida yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida har shanba kuni soat 14.00da institut sport majmuasida sport o’yinlari o’tkazilyapti. Bugungi kunda yurtimizda sportni rivojlantirishga va yosh sportchilarni xalqaro miqyosdagi musobaqalarga tayyorlash, jismoniy salohiyati yuqori, ruhiy tetik sportchilarni tarbiyalashga katta e’tibor qaratilmoqda. Bundan tashqari, turli ziddiyatlar kuchayib borayotgan bugungi dunyoda yoshlarimizning ma’naviy immunitetini kuchaytirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish har qachongidan ham dolzarbroqdir.

 

09:33 / 2021-12-03
Success helper
Success warning