O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SAVDO SANOAT PALATASIDA KO’CHMA AMALIY DARS

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SAVDO SANOAT PALATASIDA KO’CHMA AMALIY DARS

    Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish maqsadida “Elektron tijorat va raqamli iqtisodiyot” kafedrasi professor o’qituvchilari institutning bakalavriat bosqichi “Elektron tijorat” yo‘nalishi BET-50 va BET-60 guruh talabalari bilan 2019-yil 13-dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi savdo sanoat palatasiga tashrif buyurdilar.

 

    Ko’chma amaliy darsni Savdo sanoat palatasining Axborot kommunikatsiya markazi rahbari A.Bobaqulov olib bordi. Mezbon Savdo sanoat palatasi haqida so’z yuritar ekan, tashkilot tadbirkorlik faoliyati subyektlarini birlashtiruvchi nodavlat notijorat tashkilotligini, unga Korzinka.uz, UMS, Keng Makon fabrika mebellari, Golden House, MuradBuildings kabi mamlakatimizning brend kompaniyalari hamda ko’p sonli banklar, sug’urta va lizing kompaniyalari a’zo bo’lib, palata yuqorida nomlari qayd etilgan va yana minglab tadbirkorlik subyektlarini xalqaro ishbilarmonlik hamjamiyatiga integratsiyalashuvini, ularning maxsulotlari tashqi bozorlarga chiqarilishini ta’minlashda ko’maklashish, milliy brendlarni xorijda ilgari surish, investitsiyalarni, shu jumladan chet el investitsiyalarini hamda zamonaviy texnologiyalarni jalb etish kabi masalalar doirasida qo’llashini amaliy misollar yordamida tushuntirdi.

 

 

18:25 / 2019-12-15
Success helper
Success warning