Endilikda talabalarimiz banklarda pul to‘lanadigan stajirofka o'tashadi
Joriy yilning 5-may kuni Toshkent moliya institutida talabalarning bandligini ta'minlash maqsadida AT "Aloqabank" mutaxassislari tomonidan Bank ishi fakulteti talabalari uchun suhbat tashkil etildi.
Suhbatda AT "Aloqabank" mutaxassislari tomonidan 2-3 kurs talabalari maxsus so'rovnoma va savol-javoblar orqali saralab olindi.
Suhbatdan ijobiy o'tgan talabalarga bank mutaxassislari tomonidan Bosh ofis va viloyatlardagi qulay filiallardan pul to‘lanadigan stajirofka o'tish bo'yicha shartnoma imzolanishi haqida ta'kidlab o'tildi.