“Statistika va ekonometrika” kafedrasi tomonidan kafedra haftaligi doirasida “Yoshlar o‘rtasida ijtimoiy rivojlanish va daxldorlik tuyg‘usini yanada oshirish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi
2023-yil 16-fevral kuni Toshkent moliya institutining “Statistika va ekonometrika” kafedrasi tomonidan kafedra haftaligi doirasida “Yoshlar o‘rtasida ijtimoiy rivojlanish va daxldorlik tuyg‘usini yanada oshirish” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Davra suhbatiga jamoat arbobi, taniqli faylasuv, falsafa fanlar doktori, professor Ismoil Saifnazarov taklif qilindi.
Davra suhbatini Toshkent moliya instituti “Statistika va ekonometrika” kafedrasi mudiri PhD, dotsent B.Utanov ochib berdi. Davra suhbati munozarali muloqat tarzida olib borilib, talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga mazmunli javob oldilar.