Talabalarimiz Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari sohibiga aylanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1993-yil 5-fevraldagi PF-555-sonli, 2021-yil 9-sentabrdagi PF-6309-sonli farmonlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi “O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida” 226-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining 2022-yil 19-dekabrdagi “2022/2023 o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining oxirgi ikki kursida tahsil olayotgan iqtidorli talabalarga nomli davlat stipendiyalarini tayinlash to‘g‘risida”gi 413-sonli buyrug‘i asosida Toshkent moliya institutining 8 nafar iqtidorli talabalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi hamda nomli davlat stipendiya sohiblari bo‘lishdi.
Xususan, "Iqtisodiyot" fakulteti 4-bosqich talabasi Raimberdiyev Samandar Sherzod oʻgʻli 2022/2023-oʻquv yili uchun bakalavriat bosqichida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi, "TMI-PDU" qoʻshma fakulteti 4-bosqich talabasi Mahkamov Doniyor Neʼmatovich 2022/2023-oʻquv yili uchun Islom Karimov nomli davlat stipendiyasiga loyiq koʻrildi.
Shuningdek, quyidagi talabalarimiz 2022/2023 — oʻquv yili uchun Navoiy nomli davlat stipendiyasiga sazovor boʻldi: