Toshkent moliya institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari hamda “Rektor stipendiyasi” sohiblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

Toshkent moliya institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari hamda “Rektor stipendiyasi” sohiblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktyabrdagi PF-5847-son “O‘zbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”da tasdiqlangan iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularning fan olimpiadalariga ishtirokini kengaytirish, ilmiy faoliyatga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish shuningdek, 2019 yil 30 avgustdagi PQ-4433-son “Yoshlarni ilm-fan sohasiga jalb etish va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlarida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida, joriy yilning 25 fevral kuni Toshkent moliya institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari hamda “Rektor stipendiyasi” sohiblarini, talabalarning qishki taʼtilini mazmunli o‘tkazish uchun kafedralar tomonidan o‘tkazilgan onlayn fan olimpiadalari va boshqa tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.







Mazkur tadbirda institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, stipendiant talabalar va ularning ota-onalari hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.





Bugungi kunda Toshkent moliya institutida talaba-yoshlarni ilm-fanga yana-da qiziqtirish, ularning ilmiy faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, bu borada institutda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar bilan “ustoz-shogird” anʼanalarini mustahkamlash bo‘yicha qator amaliy ishlar qilinmoqda. Mazkur harakatlar natijasi o‘laroq, oliygoh talabalari nafaqat Respublika, balki xalqaro miqyosida ulkan marralarni zabt etishmoqda.











Faxr bilan tilga olish joizki, joriy yil Toshkent moliya institutining 6 nafar talabasi davlat va nomli stipendiyalar sohiblari bo‘lishdi. Xususan: 1 nafar magistratura, 1 nafar bakalavriat taʼlim yo‘nalishi talabasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi, 1 nafari Islom Karimov nomli stipendiyasi, 3 nafar talaba esa Navoiy nomli davlat stipendiyasiga munosib deb topildi. Shuningdek, institutda birinchi marta Rektor stipendiyasi joriy qilinib, 7 nafar talaba mazkur stipendiya sohibi bo‘lishdi. Bundan tashqari, Toshkent moliya institutining yana bir talabasi “Yil talabasi” Respublika tanlovida g‘olibi bo‘ldi. Institutda qishki taʼtilda talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida onlayn fan olimpiadalari o‘tkazildi va ushbu olimpiadalarda talabalar orasidan 69 nafari g‘olib bo‘ldi.




























16:23 / 2022-02-25
Success helper
Success warning