Stol tennis sport turi bo’yicha “Rektor kubogi” musobaqasi o’tkazildi

Stol tennis sport turi bo’yicha “Rektor kubogi” musobaqasi o’tkazildi

2023-yil 17-aprel Toshkent moliya institutining sport majmuasida “Jismoniy madaniyat va sport faoliyati” kafedrasi professor-o’qituvchilari hamda “Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar” bo’limi tomonidan “Sport-sog’lik garovi” shiori ostida stol tennis sport turi bo’yicha “REKTOR KUBOGI” musobaqasi yuqori saviyada o’tkazildi.

 

 

 

Ushbu musobaqada 200 dan ziyod talaba-yoshlar faol ishtirok etishdi. Sovrinli o’rinni egallagan talabalar diplom va qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandilar.

 

Yigitladan:

 

 1-o’rinni Mahkamov Doniyor “Qo’shma” fakulteti talabasi;

 2-o’rinni Toyirov Abdug’affor “Sirtqi” fakulteti talabasi;

 3-o’rinni Rizoqulov Xurshid “Buxgalteriya xisobi va audit” fakulteti talabasi egalladi

 

Qizlardan:

 

 1-o’rinni Abduraximova Dilnoza “Soliqlar va sug’urta” fakulteti talabasi;

 2-o’rinni Zokirova Begoyim “Soliqlar va sug’urta” fakulteti talabasi;

 3-o’rinni Muhammedova Ruxsora “Bank ishi” fakulteti talabasi egalladi. 

 

 

 

 

 

16:02 / 2023-04-19
Success helper
Success warning