Kafedra filialida navbatdagi amaliy mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi

Kafedra filialida navbatdagi amaliy mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 28-oktyabr kuni “Sug‘urta va pensiya ishi” kafedrasi va “O‘zbekinvest” EISK bilan tasdiqlangan o‘quv dasturi asosida “Sug‘urta maktabi” tomonidan institutning Sirtqi fakulteti “Sug‘urta ishi” ta’lim yo‘nalishida tahsil oladigan 2-kurs SSI-20 guruh talabalari uchun “Sug‘urta mahsulotlarini online sotish texnologiyasi va E-polislarni rasmiylashtirish” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. Seminarda kafedra dotsenti N.Mavrulova hamrohligida talabalar qatnashdilar.

 

 

O‘quv mashg‘ulotida kompaniyaning Elektron sug‘urta turlarini rivojlantirish bo‘limi menejeri Hikmatullayev Kamron taqdimot qildi.

 

Unda sug‘urta bozorida raqamlashtirish jarayonlarining kechishi, elektron sug‘urta turlariga ortib borayotgan talab va sug‘urta mahsulotlarini onlayn sotish texnologiyalari hamda elektron polislarni rasmiylashtirish mexanizmi atroflicha bayon qilindi.

 

 

Kafedra filiali tomonidan tashkil etilayotgan bunday o‘quv mashg‘ulotlari talabalarga oliygohda olgan nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog‘lashga, kasb ko‘nikmalariga ega bo‘lishga hamda kelgusida Respublika sug‘urta bozoriga yetuk soha mutaxassislarini tayyorlab berishda alohida ahamiyat kasb etmoqda.

13:02 / 2023-10-30
Success helper
Success warning