Erkaklar jamoasida ayol rahbar. U qanday bo'lishi kerak?!
2022-yil 18-oktabr kuni “Menejment va marketing” kafedrasi tomonidan kafedra haftaligi doirasida 3-talabalar turar joyida “Erkaklar jamoasida ayol rahbar. U qanday bo'lishi kerak?!” mavzusida trening boʻlib oʻtdi. Trening doirasida S.Sobirjonov, D.Jalolova, Sh.Xodjayeva, F.Ilhomjonova, Sh.Ziyayeva va S.Yaxshilikovlar talabalarni yaqinlashib kelayotgan 21-oktabr “O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan tabriklab, ilmning afzalligi, ishlatilgani sayin ko’payib borishi va albatta oldingizga qo’ygan maqsadlaringizga ertaroq yetishishingizga ko’maklashishini aytib oʻtishdi.
Jumladan, trening davomida dotsent., PhD Sobirjonov Sanjar Sobirjonovich rahbar ayol qiyofasi, uslubi, mukammal ayol rahbarlarga xos xususiyatlar, rahbar ayol boshqaruvining afzalliklari, rahbar ayol sifatida jamoani boshqarishning zamonaviy yondashuvlari, xodimlar bilan o‘zaro munosabatlar, xodimlarni nomoddiy rag‘batlantirish usullari xususida to’xtalib o’tdi.
Treningda faol ishtirok etgan talaba-yoshlarga esdalik sovg‘alar sifatida kitoblar taqdim etildi.
Talabalar bilan suhbat jonli oʻtdi, koʻpgina savollar boʻldi.