“Yozgi universitet -2023” loyihasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi
Joriy yilning 10-iyul kuni Sibir Federal universitetida bo'lib o'tayotgan “Yozgi universitet -2023” loyihasining ochilish marosimi bo’lib o'tdi. Talabalarni Krasnoyarsk o’lkasi gubernatori va Sibir Federal universiteti rektori qutladilar.
Ochilish marosimida 12 davlatning bayroqlari yuqori ko’tarildi va madhiyalari yangradi hamda musiqiy chiqishlar namoyish etildi.
Eslatib o’tamiz, “Yozgi universitet -2023” loyihasida 12 ta davlatdan jami 1200 ta talaba ishtirok etmoqda. Shuningdek, talabalarimiz loyiha davomida o’qish bilan birgalikda yangi do’stlar orttirmoqdalar!
TMI axborot xizmati