Taʻlim tizimi sifatini taʻminlashda innovatsion menejment usullari

Taʻlim tizimi sifatini taʻminlashda innovatsion menejment usullari

2022-yil 27-dekabr kuni “Menejment va marketing” kafedrasida  “Professor va yetakchi amaliyotchi mutaxassislarni jalb etgan xolda talabalarning qishki taʻtili davrida oʻqituvchilar uchun master klass oʻtkazish” rejasiga muvofiq “Menejment va marketing” kafedrasi professori Nazarova Fotima Xakimovna tomonidan Taʻlim tizimi sifatini taʻminlashda innovatsion menejment usullari mavzusida mahorat darsi olib borildi.

 

 

Jumladan, mahorat darsi davomida professor Nazarova Fotima Xakimovna innovatsion texnologiyalarning taʻlim taraqqiyotida tutgan oʻrni, anʻanaviy taʻlimdan innovatsion taʻlimga oʻtish, taʻlim sohasida innavatsion menejmentni rivojlantirishda jahon tajribasidan foydalanishning ahamiyati va innovatsion texnologiyalar orqali professor – oʻqituvchilarning global auditoriyasini yaratish xususida toʻxtalib oʻtdi.

 

 

Professor-oʻqituvchilar bilan mahorat darsi jonli muloqot koʻrinishida tashkil etilib. Kafedra professor-oʻqituvchilar tomonidan koʻpgina savollar berildi va tegishli javoblar olindi.

23:12 / 2022-12-28
Success helper
Success warning