“Eksportyor korxonalarni moliyaviy qo’llab-quvvatlash va import mahsulotlarini sertifikatlash borasidagi imtiyozlar” mavzusidagi davra suhbati
Joriy yilning 27 oktyabr kuni Toshkent moliya instituti “Xalqaro moliya-kredit” kafedrasi tomonidan “Eksportyor korxonalarni moliyaviy qo’llab-quvvatlash va import mahsulotlarini sertifikatlash borasidagi imtiyozlar” mavzusidagi davra suhbati o’tkazildi. Mazkur tadbirga O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo’mitasi a’zosi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor N.X.Jumayev taklif etildi.
Tadbir davomida institut pedagoglari, ilmiy tadqiqotchilar va talabalarga mamlakatimiz eksport salohiyatini oshirish, eksportchi korxonalarni moliyaviy qo’llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, milliy mahsulotlarning tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini mustahkamlash va valyuta tushumlarini ko’paytirish bo’yicha 2021 yil 20 avgustdagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo’yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar borasida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 21 oktyabrdagi “Eksport faoliyatini moliyaviy qo’llab-quvvatlashni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-6091-son Farmoni va 2021 yil 13 iyuldagi “Eksport faoliyatini moliyaviy qo’llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish to’g’risida”gi PQ-5184-son Qaroriga asosan eksport bilan bog’liq savdo operatsiyalarini moliyaviy qo’llab-quvvatlashdagi amalga oshirilayotgan islohotlar hamda mamlakat eksport salohiyatini oshirishda tijorat banklarining roliga alohida to’xtalib o’tildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar hamda ushbu davra suhbati pedagog-yoshlarning mahoratini oshirishga xizmat qildi.