Toshkent moliya institutida "Tadbirkor va talaba-yoshlar uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi

Toshkent moliya institutida "Tadbirkor va talaba-yoshlar uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi

 

Joriy yilning 12-sentabr kuni Toshkent moliya institutida "Tadbirkor va talaba-yoshlar uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi. 





Unda institut Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori N. Oblomuradov, “Nurafshon Nur” xususiy korxonasi rahbari M. Tashmuxamedova, “URBAN STYLE” LLC rahbari K. Aliyeva, “Yaskanamu” xususiy korxona rahbarlari SH.Beknazarov, I.Suyunova hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.






 

Tadbirni Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor N. Oblomuradov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng ochiq muloqot shaklida kechgan uchrashuvda tashrif buyurgan tadbirkorlar talabalarga o‘zlarining tajribalari va amaliy bilimlarini ulashib, tadbirkorlik faoliyatining muhim keyslariga to‘xtalib o‘tdilar. Spikerlar tomonidan tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan talaba-yoshlarga qimmatli maslahatlar berildi.










Tadbirda hozirgi kunda Prezidentimiz tashabbusi bilan yosh tadbirkorlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar hamda imtiyozlar haqida maʼlumot berilib, talabalar ham o‘zlarining qiziqtirgan savollariga tajribali tadbirkorlardan atroflicha javob oldi.



 

Tadbir so‘ngida mehmonlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

17:14 / 2023-09-12
Success helper
Success warning