Tafakkur sinovlari koʻrik tanlovi- institut bosqichi

Tafakkur sinovlari koʻrik tanlovi- institut bosqichi

Mamlakatimizda amalga oshiralayotgan keng ko‘lamli islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash, yuksak ma’naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o‘zlashtirgan har tamonlama sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishga qaratilgan yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish hamda O‘zbekistonning eng yangi tarixi davrida siyosat va huquq sohalaridagi o‘zgarishlar va erishilgan yutuqlar bo‘yicha tarix, siyosiy-huquqiy bilimlar darajasini aniqlash, nazariy bilimlarini hayotga tatbiq etish ko‘nikmalarini shakllantirish, ularga o‘z iqtidorlarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish maqsadida 13-mart kuni Toshkent moliya institutida Tafakkur sinovlari koʻrik tanlovining institut bosqichi boʻlib oʻtdi. Mazkur tanlovda Buxgalteriya hisobi va audit fakultetining “Oʻzbekiston yoshlari”, Gʻaznachilik va davlat jamgʻarmalari fakultetining “Taraqqiyot” , Bank ishi fakultetining “Yosh bankirlar”, Soliqlar va sugʻurta fakultetining “Istiqlol qanotlari”, Moliya fakultetining “Moliya istiqbollari” va Menejment fakultetining “Yuksalish” jamoalari, 1-“Yoshlar ovozi” 2-“Sahnada tafakkur sinovi” hamda 3-“Muammo va yechim” shartlari boʻyicha oʻzro kuch sinashdilar. Tadbir yakuniga koʻra Moliya fakultetining “Moliya istiqbollari” jamoasi fahrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

 

 

20:30 / 2019-03-14
Success helper
Success warning