“Talaba” aksiyasi g'oliblarini taqdirlash tadbiri
2020-yil 10-yanvar kuni “Kafolat hayot” sug'urta kompaniya vakillari ishtirokida baxtsiz hodisalardan ehtiyot sharti sug'urtalash bo'yicha “Talaba” aktsiyasi g'oliblarini aniqlash va ularni taqdirlash marosimi o'tkazildi.
Mazkur tadbirda “Kafolat hayot” sug'urta kompaniyasi bosh direktorining birinchi o'rinbosari A.A.Axmedov, bosh direktor o'rinbosari A.M.Muxammadjonov, marketing departamenti direktori S.Zairova va kompaniyaning boshqa vakillari qatnashdilar.
Tadbir davomida “Talaba” aksiyasida qatnashgan talabalar ichidan “Oltin”, “Kumush” va “Bronza” nominatsiyasi bo'yicha g'oliblarni aniqlash jarayoni bo'lib o'tdi. Qur'a tashlash yo'li bilan quyidagi nominatsiya g'oliblari aniqlandi:
1.Sirtqi bo'lim, 3-kurs, MM-70-2 guruhi talabasi M.Ibragimov “Talaba” aktsiyasining “Oltin” nominatsiyasi g'olibi. Unga kompaniya tomonidan bir yillik o'qish bo'yicha kontrakt puli to'lab beriladi.
2.Byudjet hisobi va g'aznachilik fakulteti, 2-kurs, BBI-60 guruhi talabasi A.Shaminov “Talaba” aktsiyasining “Kumush” nominatsiyasi g'olibi. Unga kompaniya tomonidan planshet sovg'a qilindi.
3.Iqtisodiyot fakulteti, 3-kurs, KM-71 guruhi talabasi I.Avezov “Talaba” aktsiyasining “Bronza” nominatsiyasi g'olibi. Unga kompaniya tomonidan smartfon sovg'a qilindi.
“Talaba” aktsiyasi g'oliblariga sovg'alarni “Kafolat hayot” sug'urta kompaniyasi bosh direktorining birinchi o'rinbosari A.A.Axmedov topshirdi.