Talaba-yoshlar orasida kreativ muhitni shakllantirish borasidagi masalalar muhokama etildi
Bugun, 18-aprel kuni institut Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor K. Karimova Talabalar kengashi aʼzolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Talabalar kengashi bilan muloqot davomida talaba-yoshlar orasida ijodiy, kreativ muhitni yana-da rivojlantirish, ularning bo‘sh vaqtlarini yana-da mazmunli tashkil etish borasidagi masalalarga to‘xtalib o‘tildi. Taʼkidlash joizki, talaba-yoshlar orasida kreativ muhitni yana-da rivojlantirish kelgusida ularning tanqidiy va yaratuvchan fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Talaba-yoshlarning fikr mulohazalari va takliflari eshitildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida fakultetlar media jamoalari tomonidan tayyorlangan videoroliklar, grafik-dizaynerlik ishlari bilan tanishdi.