Toshkent moliya institutida talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda ularni qo‘shimcha ish bilan taʼminlash borasida amaliy ishlar olib borilmoqda

Toshkent moliya institutida talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda ularni qo‘shimcha ish bilan taʼminlash borasida amaliy ishlar olib borilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 4-mart kuni oliy o‘quv yurtlari talabalari bandligini taʼminlash bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

 

Mazkur yig‘ilishda talabalari bandligini taʼminlash bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Toshkent moliya instituti rahbariyati tomonidan institutga qarashli talabalar turar joylarida tizimli amaliy ishlar tashkil etildi.

 

Xususan, talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish hamda kasb-hunar o‘rganib qo‘shimcha daromad topishi uchun institutga qarashli 1 va 2- sonli talabalar turar joylarida "Talabalar sartaroshxonasi" xizmati yo‘lga qo‘yilishi hisobidan 4 nafar talabaning bandligi taʼminlandi.

 

 

 

 

 

 

 

 

Shuningdek, institutning 3-sonli talabalar turar joyida talaba-qizlar istiqomat qilishini hisobga olgan holda institutning ichki imkoniyatlaridan kelib chiqib, “Chevar moliyachi” tikuvchilik to‘garak-sexi va “Go‘zallik saloni” faoliyati yo‘lga qo‘yilishi hisobiga 7 nafar talaba-qizlarning bandligi taʼminlanib, ularning o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida qo‘shimcha daromad olishlari uchun keng imkoniyatlar yaratildi.

 

 

 

 

Shu bilan birga yaqin kunlarda institutda mingga yaqin talaba-yoshlar bandligini taʼminlashga qaratilgan "Bandlik bo‘limi", “Kovorking” va “Karyera” markazlari faoliyati, zamonaviy tikuv sexi ochilishi kutilmoqda.
16:32 / 2022-03-14
Success helper
Success warning