Institut vakillari XVII xalqaro talabalar ilmiy forumida o‘z loyihalari bilan ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni egalladi

Institut vakillari XVII xalqaro talabalar ilmiy forumida o‘z loyihalari bilan ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni egalladi

 

2023-yil 21-22-dekabr kunlari Brest davlat texnika universitetining iqtisodiyot fakultetida XVII xalqaro talabalar ilmiy forumi bo‘lib o‘tdi.

 

Forumda Belarus, Rossiya, O‘zbekiston Respublikasi va Xitoydan 100 dan ortiq talaba, shuningdek, Brest davlat texnika universiteti iqtisodiyot fakultetining 20 nafar talabasi ishtirok etdi.

Forum doirasida ikki yo‘nalishda: "Zamonaviy sharoitda buxgalteriya hisobi, tahlil va nazoratni rivojlantirishni takomillashtirish", "Raqamli iqtisodiyot: tendensiyalar va istiqbollar", shuningdek "Iqtisodiyotning moliya-kredit sohasini rivojlantirishning dolzarb yo‘nalishlari"bo‘yicha seksiyalar tashkil etildi.

Tadbirda "Iqtisodiy tahlil" kafedrasi o‘qituvchilari rahbarligida TFI talabalari, "Bank ishi" fakultetining 3-kurs talabasi, BIA-40 guruhi talabasi S. D. Namozova "Iqtisodiy tahlil" kafedrasi mudiri Z. A. Sagdillayeva rahbarligida yangi raqamli texnologiyalarni rivojlantirish nuqtayi nazaridan yangi yo‘nalishda muhim istiqbolli loyihani taqdim etdi va faxriy 1-o‘rinni egalladi.

16:27 / 2023-12-23
Success helper
Success warning