Toshkent moliya institutida “Talabalar ligasi” sport musobaqalariga start berildi

Toshkent moliya institutida “Talabalar ligasi” sport musobaqalariga start berildi

Bugun, 16-sentabr kuni Toshkent moliya institutida sog‘lom turmush tarzini taʼminlash, talaba-yoshlarni sportga keng jalb qilish, ularni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida institut talaba-yoshlari o‘rtasida sportning futbol, basketbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat turlari bo‘yicha “Talabalar ligasi” sport musobaqalariga start berildi.

 

 

 

 

 

Unda institut rahbariyati, talaba-yoshlar, vazirlik mutasaddilari, sport ustalari, elimiz suygan sanʼatkorlar va OAV vakillari ishtirok etishdi.

 

 

 






 


 

 

 

 

Shuni alohida taʼkidlash joizki, bugungi kunda institutda nafaqat talabalarga zamonaviy bilim va ko‘nikma berishda balki, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va talaba-yoshlari o‘rtasida sportni ommalashtirish hamda sport musobaqalarini faoliyati samaradorligini yana-da oshirish bo‘yicha qator saʼy harakatlar olib borilmoqda. Ushbu “Talabalar ligasi” sport musobaqasi ham ana shunday harakatlardan biridir.

 

 

 

 

 

 

 

Institutda jismoniy tarbiya va sporting ommalashuvini yana-da yuqori pog‘onaga ko‘tarish, jismoniy madaniyat harakatini rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, zamonaviy sport turlari bo‘yicha iqtidorli sportchilarni tayyorlash va ularning sport mahoratlarini oshirish maqsadida qilinayotgan bu kabi amaliy harakatlar talaba-yoshlar orasida sportni yana-da rivojlantirishda o'ziga xos ahamiyat kasb etadi.

13:44 / 2023-09-16
Success helper
Success warning