Talabalar o‘rtasida “Intellektual olimpiada” o‘tkaziladi!
Joriy yil dekabr oyi boshida Toshkent shahrida talabalar o‘rtasida “Intellektual olimpiada” bo‘lib o‘tadi.
Unda ta’lim yo‘nalishidan qat’i nazar, respublikadagi barcha OTM (davlat, nodavlat OTMlar, ularning filiallari, xorijiy OTMlar va ularning filiallarida bakalavriat va magistratura bosqichida ta’lim olayotgan) talabalari ishtirok etishi mumkin.
▪️Olimpiada ishtirokchilari quyidagi 6 turdagi o‘yinda bellashadi:
“Zakovat” o‘yinining sportcha versiyasi;
Breyn-ring;
Shaxsiy o‘yin;
Erudit-kvartet;
Shaxmat;
Shashka.
Olimpiadada har bir OTMdan 12 nafar ishtirokchi (7 nafari – “Zakovat”, breyn-ring, shaxsiy o‘yin, erudit-kvartet uchun; 2 nafari (1 qiz, 1 o‘g‘il) shaxmat uchun; 2 nafari (1 qiz, 1 o‘g‘il) shashka uchun; 1 nafar OTM murabbiyi) qatnashadi.
1-dekabrga qadar har bir OTM belgilangan tartibda tashkilotchilarga ariza yo‘llashi lozim bo‘ladi.