Talabalarimiz chempion !

Talabalarimiz chempion !

Joriy yilning 5-fevralda sportning ARMRESTLING turi bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida Toshkent shahar chempionati bo‘lib o’tdi. Ushbu musobaqada Toshkent moliya instituti terma jamoasi ham qatnashib quydagi natijalarni qayd etdi. "Moliya" fakulteti MMT-81 guruh talabasi Tashpulatov Nodir O‘tkirbek o‘g‘li faxrli II-o‘rinni egalladi, “Soliqlar va sug‘urta” fakulteti SS-34 guruh talabasi Hamidullayev Shahrux Xamidjon o‘g‘li III-o‘rinni egalladi va ST-81 guruh talabasi Abduqahhorov Oybek Ulug‘bek o‘g‘li III-o‘rinni egalladi.

Ushbu g‘alaba bilan institut jamoasi Tashpulatov Nodir O‘tkirbek o‘g‘li, Hamidullayev Shahrux Xamidjon o‘g‘li, Abduqahhorov Oybek Ulug’bek o‘g‘li va “Jismoniy madaniyat va sport faoliyati” kafedrasini samimiy muborakbod etib va kelgusida bundanda katta yutuqlarni qo‘lga kiritishini tilab qolamiz.








13:08 / 2022-02-09
Success helper
Success warning