17-noyabr kuni Toshkent moliya institutida “Xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan noanʼanaviy tadbir bo‘lib o‘tdi

17-noyabr kuni Toshkent moliya institutida “Xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan noanʼanaviy tadbir bo‘lib o‘tdi

 

Kun avvalida oliygohda “Dublyor rahbariyat” loyihasi ishga tushirildi. Unga koʻra, institutning iqtidorli talabalariga bir kun mobaynida rahbariyat lavozimlari tantanali ravishda topshirildi. 

Fotogalareya 1
 

Mazkur tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad talabalarning kelajakda rahbarlik salohiyatini oshirish, ularning liderlik va boshqaruvchanlik qobiliyatlarini shakllantirish hamda ularning kelgusida yetuk mutaxassis kadr qilib yetkazishdan iborat. Ushbu loyiha institut atmosferasini butunlay oʻzgarishiga sabab boʻldi: professor-oʻqituvchilarda yoshlarga boʻlgan ishonchni orttirgan boʻlsa, talaba-yoshlarda pedagoglarning zimmasidagi masʼuliyatni his qilish imkonini berdi.  

Fotogalareya 2
 

Shundan soʻng amaliy harakatlar institut sport majmuasida tashkil etilgan koʻngilochar konsert-shousiga ulanib ketdi. Mazkur tadbirda institut rahbariyati vakillari, professor-oʻqituvchilar, talabalar va OAV vakillari ishtirok etishdi. Unda institut rektori T.Teshabayev tadbirni ochib berdi va barcha talabalarni “Xalqaro talabalar kuni” bilan samimiy tabrikladi.

Fotogalareya 3
 

Tadbir davomida mazkur oʻquv yilida har tomonlama faol boʻlgan, sport va boshqa yoʻnalishda oʻtkazilgan musobaqalarda gʻolib boʻlgan talaba-yoshlar diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar. Mana shunday koʻtarinki kayfiyatda davom etgan bayram dasturida oʻzbek estradasining taniqli yulduzlari va shou-biznes olami vakillarining ishtiroki bugungi kun egalari – talabalarga haqiqiy bayramona kayfiyat va unutilmas lahzalarni hadya qildi.

Fotogalareya 4
 

 

14:15 / 2023-11-18
Success helper
Success warning