Taʼlim integratsiyasi -taraqqiyot omili
Sizlarga maʼlumki, Toshkent moliya instituti hamda Belarus Respublikasining Polotsk Davlat universiteti oʻrtasida samarali hamkorlik aloqalari yoʻlga qoʻyilgan.
Mazkur hamkorlik natijasi sifatida, hamkor ikki oliy taʼlim muassasasining kelishuviga koʻra, TMI-PDU qoʻshma fakulteti 2019-yilda tashkil etilgan edi. Shuningdek, tomonlar oʻquv jarayonlarini oʻzaro birgalikda tashkil etish, “3+1”qoʻshma taʼlim dasturi doirasida taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini, ilm-fanni yuqori darajaga koʻtarish maqsadida professor-oʻqituvchilari bilan mobil almashinuv dasturlari ham yoʻlga qoʻyilganligi eʼtiborga molidir.
Ushbu kelishuvlarga asosan joriy yilning 14- 19-mart kunlari davomida Polotsk davlat universitetining 4 nafar professor oʻqituvchilari qoʻshma fakultetning 1-2 kurs talabalari uchun "3+1" dasturi doirasida Toshkent moliya institutida oʻz faoliyatlarini olib borishmoqda.
Xususan, Polotsk Davlat universitetining “Buxgalteriya hisobi, moliya, logistika va menejment” kafedrasi mudiri, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Maley Yelena Borisovna, “Konstitutsiya huquqi va davlat boshqaruvi” kafedrasi dotsenti, t.f.n. Radyuk Aleksey Leonidovich, Iqtisodiyot kafedrasi katta oʻqituvchisi Yemelyanov Aleksandr Andreyevich, “Buxgalteriya hisobi, moliya, logistika va menejment” kafedrasi dotsenti Primakova Marina Vladimirovnalar TMI-PDU qoʻshma fakultetida dars jarayonlarini olib borishmoqda.